G‘azoga tibbiy jihozlar kiritilmasa, bolalar halok bo‘ladi — YUNISEF.
BMTning bolalar agentligi vakili Rozaliya Bollen aytishicha, Isroilning G‘azoni qamal qilishi gumanitar tashkilotlar tinchlik davrida erishgan yutuqlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin.
"G‘azoga nafaqat yordam, balki yoqilg‘i ham kiritilmayapti," dedi u. "G‘azo yetarli elektr energiyasiga ega emas, bu esa uning muhim infratuzilmasi - sho‘rsizlantirish inshootlaridan tortib shifoxonalargacha - yoqilg‘iga bog‘liqligini anglatadi."
U "suv ishlab chiqarishni ko‘paytirish zarurligini va buning uchun yoqilg‘i hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini" ta’kidladi.
Bollenning aytishicha, tibbiy jihozlar kiritilishini to‘xtatishning "real oqibatlari" falastinlik bolalarning o‘limi bilan yakunlanadi.
"Buni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Bir necha oy oldin... biz 28 haftalik chala tug‘ilgan chaqaloqni ko‘rdik. O‘sha chaqaloq uch haftadan so‘ng shifoxonada sun’iy nafas oldirish va CPAP apparatlari yo‘qligi sababli vafot etdi."