"Germaniya Mudofaa vazirligi 2029 yilgacha Ilon Maskning Starlink tizimiga o‘xshash o‘zining sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Hozirda Bundesver tasarrufida bor-yo‘g‘i 8–10 ta shunday sun’iy yo‘ldosh mavjud bo‘lib, bu samarali faoliyat uchun yetarli emas. Shuning uchun Germaniya aloqa, signalni qabul qilish va tahlil qilish, hamda kuzatuv sohalarida uzoq yillar davomida asosan Qo‘shma Shtatlarga tayanib kelgan", deb yozadi nashr.
Handelsblatt'ning manbalariga tayanib yozishicha, Bundesver bu loyihani asosan nemis kompaniyalariga topshirmoqchi. Gazeta suhbatdoshlariga ko‘ra, vazirlik allaqachon Isar Aerospace, RFA va Hyimpulse kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, Germaniya Yevropaning boshqa davlatlari bilan ham hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.