Bugun 3 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Bundestag Germaniyada migrasiya siyosatini kuchaytirish to‘g‘risidagi muxolifat tomonidan ilgari surilgan qonun loyihasini rad etdi

Bundestag Germaniyada migrasiya siyosatini kuchaytirish to‘g‘risidagi muxolifat tomonidan ilgari surilgan qonun loyihasini rad etdi

Qochqinlar va migrasiya to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni muxolifatdagi XDI/XSI alyansi taklif qilgan edi. Biroq Bundestagda 350 deputat qonun loyihasiga qarshi ovoz berdi, 338 nafari uni ma’qulladi, besh kishi esa betaraf qoldi.

Qonun loyihasi mualliflari nafaqat nazoratni kuchaytirish, balki mamlakatga chet elliklarning kelishini cheklashni ham "keng qamrovli maqsad" sifatida belgilashni talab qilgan.
Bundan tashqari, ular Germaniyadan boshpana so‘rab ariza bergan, lekin rad javobi olgan, biroq boshqa sabablarga ko‘ra mamlakatda qolishiga ruxsat berilgan shaxslarning oilalari bilan birlashishi tartibini bekor qilishni taklif qilgan.

Shuningdek, qonun loyihasi polisiya vakolatlarini kengaytirib, ularning deportasiya qilinishi kerak bo‘lgan chet elliklarni hibsga olish bo‘yicha so‘rov berish huquqiga ega bo‘lishini ko‘zda tutgan edi.

Kiritildi: 00:23 01.02.2025. O'qildi: 569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!