AQSh armiyasi vaziri Pit Xegset mayor Nidal Malik Hasanning qatl etilish jarayonini jamoatchilik kuzatishi uchun imkoniyat yaratilishini ma’lum qildi.
«Biz ushbu jarayonni jamoatchilik kuzatishi uchun imkoniyat yaratamiz. Chunki odamlar bunday harakatlar og‘ir oqibatlarga olib kelishini tushunishlari kerak», — dedi Xegset Real America's Voice telekanali efirida.
Joriy yilning 3 dekabriga belgilangan otib qatl etish jazosi AQSh qurolli kuchlarida so‘nggi o‘nlab yillar davomidagi ilk shunday holat bo‘ladi.
Nidal Malik Hasan 2009 yilda Fort-Hud harbiy bazasida sodir etgan hujumi bilan bog‘liq qotillikda aybdor deb topilgan.