Dunyo bo‘ylab shifokorlar koronavirus sabab kelib chiqayotgan hissiy stress va og‘ir ish kunlariga dosh berolmayapti, deb yozadi zakon.kz.
Ushbu holat aks etgan videoto‘plam “YouTube”ning "TOK" kanali tomonidan nashr etildi.
“Men hozirgina ishdan bo‘shadim. Ishga borgach, koronavirus bilan kasallanganlar bor yuqori qavatga o‘tganimni bildim. Ammo ular mening farzandlarim borligini bilishadi”, dedi amerikalik Melissa Tomas Skot. Uning uyida 1 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar farzandi bor.
Ma’lum bo‘lishicha, Melissaning o‘zi bir yil oldin ko‘krak bezi saratonini yenggan.
“Men bemorlar uchun tashvishlanaman, lekin oilam va hayotim birinchi o‘rinda turadi. Ular men uchun birinchi”, dedi Melissa.
Qayd etilishicha, shifokorlar deyarli 12 soat tinmay ishlashmoqda.
Boshqa shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonalarda umidsizlik hukm surmoqda, hamma ham bunday holatga bardosh bera olmayapti.
Izohlarda esa “Facebook” foydalanuvchilari ushbu bayonotlarni tanqid qilishdi. Ularning fikriga ko‘ra, bu insonlar o‘zlari shifokorlik kasbini tanlashgan, shu bois o‘z vazifalarini bajarishlari kerak.
“Biz faqat ishga kelib, qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak. Iltimos, uyda qoling! Agar siz uyda bo‘lsangiz, xavfsiz bo‘lasiz va virusni yuqtirmaysiz”, - deydi britaniyalik Shirli Uotts.