Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Bulardan ehtiyot bo‘ling...

A A A
Bulardan ehtiyot bo‘ling...

Odamlar nima uchun gunoh va jinoyatga qo‘l urushadi? Buning sabablari ko‘p ammo, ular asosan jirkanch, razil ishlarini, Alloh taolo qaytargan amallarni hammadan bekitib, odamlar ko‘rmaydigan joy va vaqtda, ko‘rmasa bilmaydi deb qilishadi. Masalan, pora olish va berish, o‘g‘rilik, zino, g‘iybat va boshqa gunohlar.

Yoki yana bir toifa borki butun umr o‘zini yolg‘izman deb noxush kayfiyatda yashaydi. Biroq, inson qorong‘u yerto‘la yoki g‘orda bitta o‘zi qolib ketgan taqdirda ham u yolg‘iz bo‘lmaydi. Yonida kamida yana 2 nafar kimdir bor... Bular farishtalar! Farishtalar yer ustida, osmonda va yeru osmon oralig‘ida uchib yurishadi. Allohning buyruqlarini bajarishadi. Ular ovqat ham yemaydi, uxlamaydi, so‘zlashmaydi. Gunoh ham qilishmaydi. Doimo Allohga ibodat (xizmat) qilishadi. Ularning soni shunaqangi ko‘pki, buni Allohdan boshqa hech kim aytib berolmaydi. Farishtalarning eng ulug‘lari to‘rtta: Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofil. Jabroil Allohning buyruqlarini payg‘ambarlarga yetkazadi. Azroil odamlarning jonini oladi. Mikoil Alloh bergan rizqni odamlarga taqsimlaydi. Isrofil qiyomat bo‘lganini hammaga ma’lum qiladi.

Har bir odamning atrofida to‘rttadan farishta yuradi. Ikkitasi uning oldi va ketida yurib, turli falokatlardan, gunoh ishlardan qaytarib turadi. Ikkitasi esa odamning yaxshi ishlarini ham yomon ishlarini ham hech qoldirmay yozib yuradi. Keyin ana shu yozuvlarga qarab qiyomat kuni o‘sha odamga yo mukofot, yoki jazo beriladi.

Bulardan tashqari kitoblarda quyidagi farishtalar haqida ham so‘z yuritilgan:

Kiroman-Kotibin – insonning yaxshi va yomon amallarini yozib boruvchi farishtalar.

Munkar va Nakir – inson qazo qilib, qabrga qo‘yilganda savol-javob o‘tkazadigan farishtalar.

Qo‘riqlovchi-Farishtalar – Insonlarni oldidan, orqasida, o‘ngidan, chapidan(Allohning izni bilan) himoya qiluvchi farishtalar.

Rizvon (a.s.) – Jannatning bosh farishtasi, Jannat qo‘riqchisi

Molik (a.s.) – Do‘zaxning bosh farishtasi.

Zaboniya – Do‘zaxda gunohkorlarni azoblovchi farishtalar.

Xamalatu-l-Arsh – Arshni ko‘tarib turuvchi farishtalar.

Allohning farishtalariga ishonish musulmon farzandining ikkinchi vazifasi. Shundagina u iymonli bo‘ladi.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 22:45 02.07.2019. O'qildi: 10363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!