Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Bo‘ka va Kitob tumanlarida yo‘l ta’mirlashdagi talon-torojliklar fosh etildi

Bo‘ka va Kitob tumanlarida yo‘l ta’mirlashdagi talon-torojliklar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Bo‘ka tumani yo‘llardan foydalanish” UK mas’ul shaxslari tomonidan tuman hududidagi yo‘llarni ta’mirlashda amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 266,8 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilinganligi aniqlangan.

Shu kabi, Kitob tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Kitob tumani yo‘llardan foydalanish” UK bosh hisobchisi S.K. va boshqalar tuman hududida amalga oshirilgan yo‘llarni ta’mirlash ishlari uchun ishchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan pullarni smeta hujjatlariga joriy ish haqi sifatida kiritishgan bo‘lsa-da, 176,4 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:58 17.08.2022. O'qildi: 2243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!