Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.
Ruxsat kimlarga beriladi?
talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Qachon hujjat topshirsa bo‘ladi?
20-dekabrdan 20-yanvargacha.
Qanday hujjatlar talab etiladi?
Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
-o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
-talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
-pasport nusxasi;
-yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.