Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi davom etmoqda. Bugun, 19 sentyabr kuni davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh Prezidentlari sammitida ishtirok etadi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlaydi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/3383).
Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan va boshqa uchrashuvlar rejalashtirilgan.