Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bugun Toshkentda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

A A A
Bugun Toshkentda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun 6 iyulda O‘zbekistonda issiq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-43° atrofida bo‘lib, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-46° gacha isiydi.

Poytaxtimizda kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo xarorati 41-43° gacha isiydi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34° bo‘ladi.

Kiritildi: 09:22 06.07.2021. O'qildi: 2305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!