Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda 10 mlrd so‘mlik sigaret yo‘q qilindi. Bu bojxona tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi!

Surxondaryoda 10 mlrd so‘mlik sigaret yo‘q qilindi. Bu  bojxona tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi!

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Termiz tumanidagi korxonalardan birida salkam 750 ming quti sigaretlar maxsus uskunalarda maydalab, parchalash yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Barchaning ko‘z o‘ngida yo‘q qilingan 749 900 quti sigaretlar muqaddam viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh fuqarolar tomonidan oldindan til biriktirgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojxona chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib kirilayotgan vaqtda aniqlangan edi.

Faqatgina shu emas - qiymati 10,2 mlrd so‘mni tashkil qiluvchi mazkur sigaretlar xorijda ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublika hududiga olib kirilgan vaqtda allaqachon ularning yaroqlilik muddati ham o‘tib ketgan ekan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tuman sudining hukmi bilan mazkur holatda aybdor deb topilgan shaxs 5 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olingan sigaretlarning esa yo‘q qilinishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tamaki mahsulotlari qadog‘ida sigaretning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi axborotlar - tibbiy ogohlantirish hamda raqamli markirovka kodlari mavjud emas. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan qadoqlanmagan.

Ayni shu jihatlari bilan bugungi tadbirda yo‘q qilingan sigaretlar sifatsiz va kontrafakt hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda 2023-2024 yillar davomida aniqlangan 117 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida qiymati 55,5 mlrd so‘mlik 3,2 mln quti tamaki mahsulotlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yildi.

Kiritildi: 16:27 24.12.2024. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!