Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bugun Qozog‘istonda mamlakatda AES qurilishi masalasida referendum bo‘lib o‘tadi

Bugun Qozog‘istonda mamlakatda AES qurilishi masalasida referendum bo‘lib o‘tadi

Bugun Qozog‘istonda mamlakatda AES qurilishi masalasida referendum bo‘lib o‘tadi.

Qozog‘iston aholisi referendumda mamlakatda atom elektr stansiyasi qurilishiga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, degan savolga javob berishi kerak. Ovoz berish natijalari Qozog‘istonning atom energetikasini rivojlantirishi yoki boshqa elektr energiyasi manbalarini qidirishni boshlashini belgilaydi.

So‘rovnomalarga ko‘ra, qozog‘istonliklarning 67 foizdan ortig‘i atom elektr stansiyasi qurilishini yoqlab ovoz berishni rejalashtirgan, deyarli 23 foizi esa bunga qarshi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda davom etayotgan bahs-munozaralarga qaraganda, ko‘pchilik atom energetikasini rivojlantirish tarafdori emas.

Qozog‘istonliklarning asosiy qo‘rquvi – Olmaotadan 360 kilometr uzoqlikdagi Ulken qishlog‘ida qurilishi rejalashtirilgan atom elektr stansiyasida avariya yuz berishi ehtimoli hisoblanadi.

Atom elektr stansiyasini qurish tarafdorlarining fikricha, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish bilan birga mahalliy uranda ishlaydigan AES qurilishi energiya taqchilligi va ekologik muammolarni hal qiladi.

Kiritildi: Bugun 09:32. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!