Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Bugun «Qirg‘iz kino kunlari»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

A A A
Bugun «Qirg‘iz kino kunlari»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Bugun, 19 iyul kuni Milliy kino san’ati saroyida «Qirg‘iz kino kunlari»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

19-20 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan «Qirg‘iz kino kunlari» doirasida qirg‘iz kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan «Sovg‘a», «Osmon bolalari», «Daraxt qo‘shig‘i» filmlari ham namoyish etiladi.

Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi huzuridagi Kinematografiya departamenti direktori Akjoltoy Bekbolotov, departament bosh mutaxassisi Aysulu Subanaliyeva, «Qirg‘izfilm» Milliy kinostudiyasi direktori Aida Usonova, «Daraxt qo‘shig‘i» filmi rejissyori Oybek Dayirbekov, Qirg‘iziston Kinematograflar uyushmasi raisi Talay Kulmendeev, Qirg‘iziston xalq artisti, rejissyor Nurlan Abdiqodirovlarning tashrifi ham kutilmoqda.

"Barcha kinoixlosmandlarni «Qirg‘iz kino kunlari» tadbirlariga taklif etib qolamiz", - deyiladi Madaniyat vazirligi telegram-kanalidagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 18-22 iyul kunlari O‘zbekistonda «Qirg‘iz madaniyati kunlari» tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonda «Qirg‘iz madaniyati kunlari» tadbirlari dasturi bilan - bu yerda - tanishing.

Kiritildi: 09:39 19.07.2024. O'qildi: 1216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!