Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Bugun aholi orasidan 20 nafar kishida koronavirus aniqlandi

A A A
Bugun aholi orasidan 20 nafar kishida koronavirus aniqlandi

Bugun kasalligi tasdiqlangan 28 nafar kishining 20 nafari aholi orasidan aniqlandi. Koronavirus infeksiyasiga chalingan 3 nafar fuqaro Toshkent shahri (12 nafar), Navoiy viloyati (5 nafar) va Samarqand viloyati  (3 nafar) da jami 17 nafar oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga yuqtirgan.

❗️Shu kunlarda yurtimizda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilayotgani tufayli berilgan erkinlikni noto‘g‘ri tushunib, ba’zi hududlarda aholi zaruratsiz ko‘chalarda  yurishayotgani, karantin qoidalariga amal qilishmayotgani kabi holatlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa infeksiya yuqtirish xavfini yanada kuchaytirmoqda.

⚠️ Shuning uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish, ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni tez-tez va yaxshilab yuvish, dezinfeksiya qilish, tibbiy niqob taqib yurishni odatga aylantirish kabi qoidalariga amalga qilgan holda infeksiya yuqishidan o‘zimizni ehtiyot qilishimiz zarur.

Kiritildi: 23:32 21.05.2020. O'qildi: 7406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!