Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Buffon «Oltin to‘p» tarixidagi eng katta adolatsizlikni aytdi

A A A
Buffon «Oltin to‘p» tarixidagi eng katta adolatsizlikni aytdi

«Parma» darvozaboni Janluiji Buffon «Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Andres Inyestaga o‘z vaqtida «Oltin to‘p» berilmaganidan norozi.

«Men uchun «Oltin to‘p» bilan bog‘liq eng katta adolatsizlik — Inyestaga ushbu sovrin berilmagani. Andres Maradona, Messi yoki Ronaldu kabi kuchli edi», — dedi Buffon France Football nashriga bergan intervyusida.

2010 yili Inyesta ovoz olishda ikkinchi bo‘lib, bu borada «Barselona»dagi sherigi Lionel Messiga yutqazgan, 2012 yilda esa 3-o‘rinni egallagan.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli ispan bu mavsumda «Vissel Kobe» safida Yaponiya chempionatida 11ta bahsda 2tadan gol va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 22:25 17.05.2022. O'qildi: 2536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!