Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Budapeshtda TDT davlat rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi

Budapeshtda TDT davlat rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 20-21 may kunlari Vengriya poytaxti Budapeshtda Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi.

Sammit Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda TDTga a’zo davlatlar: Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston prezidentlari ishtirok etadi.

Sammitda TDTda kuzatuvchi davlatlarning vakillari va tashkilot Bosh kotibi ham ishtirok etadi.

Tarixda birinchi marta TDTning norasmiy sammiti kuzatuvchi davlat hududida o‘tkaziladi.

Tadbir davlat rahbarlariga ustuvor yo‘nalishlarda integrasiya va rivojlanish masalalarini muhokama qilish, dolzarb mintaqaviy va global muammolar yuzasidan fikr almashish imkonini beradi.

Sammit yakunlari bo‘yicha TDTning umumiy kelajagi va strategik yo‘nalishini tasdiqlovchi Budapesht deklarasiyasini qabul qilish, boshqa bir qator muhim qaror va tashabbuslarni ma’qullash rejalashtirilgan.

Budapeshtdagi norasmiy sammit oldidan TDT Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda sammit kun tartibi va hujjatlar imzolanishi uchun davlat rahbarlariga taqdim etiladi.

Kiritildi: 20:51 19.05.2025. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!