Bu yilgi Haj-2021 mavsumi koronavirus pandemiyasi sababli faqat Saudiya Arabistoni Podshohligi aholisi va ushbu mamlakatda muqim yashab kelayotgan fuqarolar (rezidentlar) uchun tashkil etilishi haqida Saudiya Arabistoni qarori e’lon qilindi.
Jami ziyoratchilar soni 60 ming etib belgilandi.
18 dan 65 yoshgacha emlangan mahalliy ziyoratchilar nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi Haj mavsumida xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar qabul qilinmaydi.