Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Bu yil maktablarda davlat imtihonlarini o‘tkaziladimi?

Bu yil maktablarda davlat imtihonlarini o‘tkaziladimi?

Imtihonlar karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkaziladi. Jumladan, imtihonlar o‘tkazilishidan oldin ta’lim muassasalarida dezinfeksiya ishlari olib boriladi, o‘quvchilar imtihonlarga sanitar-gigiyena qoidalariga rioya etgan holda himoya vositasida (tibbiy niqob) kiritilib, binoga kirishdan avval tibbiy xodimlar tomonidan ularning tana harorati o‘lchalanadi va oraliq masofani saqlashlari ta’minlanadi.
Agar maktab karantinga yopilgan bo‘lsa imtihon karantin muddati tugaganidan so‘ng, imtihonlar karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkaziladi.

Imtihonlar og‘zaki, yozma hamda test sinovlari shaklida o‘tkaziladi quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

✅26 maydan 2 iyunga qadar — 5,6,7,8 va 10-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat imtihonlari;

✅26 maydan 15 iyunga qadar — 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari o‘tkaziladi.

Imtihon savollari va materiallari Xalq ta’limi vazirligining rasmiy telegram kanaliga joylashtirilgan. (https://t.me/uzedu/12873)

Imtihondan o‘ta olmagan o‘quvchilarga amaldagi Nizomga ko‘ra, imtihondan ikki hafta o‘tgach qayta yakuniy attestasiyadan o‘tish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestasiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.

‼️Xalq ta’limi vazirligi maktab ma’muriyatlaridan imtihonlarni adolatli va shaffof tashkil qilish hamda turli noqonuniy yig‘imlarni oldini olish choralarini ko‘rishlarini so‘raydi.

Kiritildi: 12:08 20.05.2021. O'qildi: 3293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!