Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Bu yil kirish ballari yuqori bo‘lishi mumkin — DTM vakili

A A A
Bu yil kirish ballari yuqori bo‘lishi mumkin — DTM vakili

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining 2 kunlik tahlili natijalariga ko‘ra, hozircha bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni 172,6 ball bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining matematika yo‘nalishi egallab turibdi. Bu haqda bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan birifingda qatnashgan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar qildi.

Davlat test markazi Bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabovning brifing qatnashchilariga aytishicha, bu yilgi test sinovlarini topshirgan abituriyentlarning aksariyati testlarning oldingi yillarga qaraganda osonroq tuzilganini ta’kidlashmoqda. Ushbu fikrlar va yuqorida keltirilgan ball nuqtai nazaridan bu yilgi kirish ballari yuqoriroq bo‘ladi, deyish mumkin.

2019 YIL 30 IYUL HOLATI BO‘YICHA MA’LUMOTLAR:

Test sinovlarida respublika bo‘yicha 2 smenada jami 66 ta binoda 71 340 nafar abituriyent imtihon topshirishi belgilangan edi. Shundan:

  • imtihonga kelganlar soni – 69 374 nafar;
  • imtihonga kelmaganlar soni – 1928 nafar;
  • imtihondan chetlashtirilganlar soni – 16 nafar abituriyent hududga kirish joyida, 22nafar binoda qoidani buzganligi uchun;
  • 2622 nafar guruh nazoratchilaridan 36 nafari ishtirok etmadi.
  • imtihonda qatnashmaganlar soni bo‘yicha eng qori ko‘rsatkich Toshkent shahrida – 452 nafar, eng quyi ko‘rsatkich Navoiy viloyatida – 38 nafar qayd etildi.

ESLATMA! Hali ham DTM ruxsatnomalarini olmagan abituriyentlar bor. Ularning soni 28 000 dan ortiq. Abituriyentlarimizdan tezroq tegishli ruxsatnomalarini olishlarini so‘raymiz!

Kiritildi: 22:16 31.07.2019. O'qildi: 7122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!