Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha hali rasmiy rejasi yo‘qligini aytdi. Bu haqda «Meduza» yozmoqda.
Rasmiy reja hali yo‘q. Turli nashrlarda tarqalayotgan rejalar… ishonchim komil, bu prezident Trampning rasmiy rejalari emas, dedi Ukraina rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, bunday reja qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida Kiyevda «tasavvur» bor va «aniq bandlar» Tramp inaugurasiyasidan oldin ham AQSh bilan muhokama qilingan.
Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, ehtimoliy reja haqida turli talqinlar bo‘ladi. Qaysidir ma’noda, bu xabarlar, dedi u, haqiqatga to‘g‘ri kelishi mumkin, lekin ko‘p hollarda bunday emas.
Biz hali ham rasmiy muzokaralar va rasmiy natijalarni kutamiz, deb qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.