AQSh Moliya vaziri Bescent Vashington NATO tarkibida qolishini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, vazir "Qo‘shma Shtatlar uchun Grenlandiyaning qo‘shib olinishi yoki Shimoliy Atlantika alyansidan qaysi biri muhimroq?", degan savolga bevosita javob bermadi.
"Bu noto‘g‘ri tanlov. Yevropa yetakchilari o‘ziga keladi va AQSh xavfsizlik soyaboni ostida bo‘lishlari zarurligini tushunib yetadi", — deya fikr bildirdi Skott Bescent.