Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

«Bu futbol o‘ynaydigan joy emas». «Barselona» Valyadoliddagi stadion holati bo‘yicha shikoyat topshirdi

A A A
«Bu futbol o‘ynaydigan joy emas». «Barselona» Valyadoliddagi stadion holati bo‘yicha shikoyat topshirdi

«Barselona» La Ligaga Valyadoliddagi «Xose Sorrilya» stadioni gazoni holati yuzasidan shikoyat qildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Kataloniyaliklar Ispaniya chempionati 2-turi doirasida «Valyadolid»ga qarshi safar o‘yinida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo o‘yin davomida kataloniyalik futbolchilar maydondagi qoniqarsiz holat tufayli o‘z o‘yinlarini namoyish eta olishmadi. Uchrashuv davomida ko‘p martalab maydondagi gazon joyidan qo‘porilib ketdi.

La Liga rahbari Xavyer Tebas ushbu holat o‘rganilishini ma’lum qildi. Endi jamoaga nisbatan sanksiya qo‘llanishi mumkin.

«Bu futbol bahsi o‘tkaziladigan joy emas. Biz bu holat yuzasidan tegishlicha intizomiy ish ochamiz», — degan Tebas.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 15:56 26.08.2018. O'qildi: 1524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!