Ruminiya prezidentlik saylovida yutqazgan Jorje Simion Konstitusiyaviy sudning ovoz berish natijalarini bekor qilishdan bosh tortishini “davlat to‘ntarishi” deb atadi va mitinglar o‘tkazilishini e’lon qildi.
"Konstitusiyaviy sud davlat to‘ntarishini davom ettirdi! Biz qiladigan yagona ish bu kurashish! Bugun va yaqin haftalarda ovtkaziladigan mitinglarda menga qo‘shilishingizni so‘rayman! Tez orada yana saylovlar bo‘ladi, bu safar ancha puxta tayyor bo‘lishimiz zarur" – deb yozdi Simion Facebook'da.