Eron tomonidan otilgan bir nechta raketalar Isroil Milliy xavfsizlik vazirligi binosiga kelib tushdi.
Bu haqda Eronning IRNA davlat axborot agentligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, vazirlikning Tel-Avivdagi bosh qarorgohiga zarba berilgan.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining ma’lum qilishicha, zarbalar Isroildagi o‘nlab nishonlar, harbiy va havo bazalariga berilgan.