Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu, agar AQSh yadroviy sinovlarni qayta tiklasa, Rossiya Mudofaa vazirligi va Rosatom ham shunga tayyorligini aytdi.
TASS agentligiga bergan intervyusida u AQSh hozir yangi qurol tizimlarini faol ravishda ishlab chiqayotganini ta’kidladi.
"Ayni damda Amerika yadro qurollarining kafolat muddati tugayapti, bunga parallel ravishda yangi qurol tizimlari faol ishlab chiqilmoqda. Bu AQShni yadroviy sinovlarni qayta boshlashga undashi mumkin", dedi Sergey Shoygu.
Shu bilan birga, Shoygu hozir sinovlarni qayta boshlashga shoshilinch ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya so‘nggi yillarda harbiy salohiyatini oshirgan.