Bryansk viloyatiga ATACMS raketalari bilan qilingan hujum G‘arb ziddiyat kuchayishini xohlayotganidan dalolat beradi — Rossiya Tashqi ishlar vaziri.
Sergey Lavrov bunday fikrni G20 sammiti o‘tayotgan Rio-de-Janeyrodagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Rossiya TIV rahbari, shuningdek, G‘arb davlatlariga Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini o‘qib chiqishni maslahat berdi.
Rossiya Bryansk viloyatiga qilingan hujumga yadroviy javob choralarini ko‘ryaptimi degan savolga javob berar ekan, Lavrov Rossiya rasmiylari "yadro quroli birinchi navbatda har qanday yadro urushining oldini olishga qaratilganligiga ishonch hosil qilishini" aytdi.