Buyuk Britaniyada oqqushlar bilan to‘qnashib ketgan Tui samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Bu haqda Daily Mail yozmoqda.
Getvik aeroportidan Kabo-Verdega uchayotgan samolyot ikki oqqush bilan to‘qnashib, favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Hodisa havoga ko‘tarilish vaqtida, samolyot taxminan 300 metr balandlikda bo‘lganida sodir bo‘lgan.
Qushlar samolyotning old oynasi va elektron tizimlarini shikastlab, uchuvchilarni mayday chaqirishga majbur qilgan. Muvaffaqiyatli qo‘nishdan so‘ng ekipaj eskortni talab qildi, chunki yoriqlar va qon izlari tufayli old oynadan ko‘rish deyarli imkonsiz edi.
Samolyotni ta’mirlash 1 million funt sterlingga tushishi kutilmoqda va samolyot bir necha hafta davomida xizmat ko‘rsatmaydi.