Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Britaniya yuzlab davlat idoralarini yopmoqchi

A A A
Britaniya yuzlab davlat idoralarini yopmoqchi

Britaniya “global beqarorlikning yangi davrida” xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirish maqsadida shtatni isloh qilayotgani sababli, yuzlab mustaqil davlat organlarini yopishi mumkinligini e’lon qildi.

AZERTADJ xabar berishicha, Buyuk Britaniyada yuzlab quangos yoki kvazi-avtonom nodavlat tashkilotlar mavjud. Ular soliq to‘lovchilar tomonidan moliyalashtiriladi, lekin tashkilotlar vazirlar tomonidan nazorat qilinmaydi. Ular orasida Health and Safety Executive, Network Rail va Migration Advisory Committee kabi davlat idoralari bor, deya xabar beradi Peuters.

Buyuk Britaniya hozir tejamkorlik rejimida. Buning sababi, G‘aznachilik vaziri Reychel Rivz AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy qilingan tariflarning oqibatlarini bartaraf etishda fiskal qoidalarga amal qilishga qo‘lidan kelganicha harakat qilmoqda.

Hukumat global beqarorlik uni byurokratiyani isloh qilishda “oldinga borishga va tezroq harakat qilishga” majburlashi haqida ogohlantirdi.

O‘tgan oy bosh vazir Kir Starmer NHS Englandni (sog‘liqni saqlash tizimini nazorat qiluvchi organ) tarqatib yuborayotganini va uning funksiyalarini davlat sog‘liqni saqlash departamentiga qaytarishini e’lon qildi. Bu unga yuzlab million funtni tejash imkonini beradi.

Kiritildi: 11:26 08.04.2025. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!