Yamanning Hodeyda porti yaqinida kemaga hujum uyushtirildi va tergov davom etmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya dengiz savdosi operasiyalari boshqarmasi o‘z saytida xabar berdi .
Qayd etilishicha, hodisa Al Hodaydadan 63 dengiz mili janubi-g‘arbda sodir bo‘lgan. Kema kapitanining aytishicha, kemadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda portlash sodir bo‘lgan.