"Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish va mudofaa xarajatlarini oshirish masalasini o‘rganib chiqadi. Bu Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari arafasida amalga oshirilmoqda", deya xabar beradi agentlik manbalariga tayanib.
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi va Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas seshanba kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Yevropa mudofaasini moliyalashtirishni oshirish va qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini kuchaytirish tashabbuslarini ko‘rib chiqadi, deb ma’lum qildi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi.
Manbalarga ko‘ra, muzokaralarda Yevropada muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilish uchun zarur huquqiy va moliyaviy mexanizmlarni qanday ta’minlashi mumkinligi o‘rganiladi.
Ayrim Yevropa mamlakatlari, jumladan, Belgiya va Germaniyaning qarshiligiga qaramay, bu borada oldinga siljishga erishish mumkinligi ta’kidlanmoqda. Ular Rossiya aktivlarini musodara qilish xalqaro huquq normalariga zid kelishi va yevro kursiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligidan xavotirda.