Sky telekanali xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi vise-prezident Jey Di Vens bilan baliq ovlagan paytida lisenziyasiz harakat qilgani uchun jarimaga tortilishi mumkin.
Voqea Kent grafligidagi vazirning norasmiy rezidensiyasi — Shevening-Xausdagi karpli hovuzda sodir bo‘lgan. Lemmi baliq tuta olmagan, ammo Vens va uning farzandlari bir nechta baliq ushlashgan.
Lemmi qoidabuzarlikni anglagandan so‘ng o‘zi tegishli organlarga murojaat qilgan. Britaniyada 13 yoshdan kattalar losos, forel, toza suv baliqlari, koryushka va ugra ovlashi uchun davlat lisenziyasi olishi shart.
Lisenziyasiz baliq ovlaganlik uchun jarima — 2500 funt sterlinggacha.