Britaniya shahzodalari Garri va Uilyam Megan Marklni deb mushtlashgan. Bu haqda Garri o‘zining Spare nomli avtobiografik kitobida aytib o‘tdi, deb yozadi The Guardian.
Hodisa 2019 yili Londonda aka-uka o‘rtasida janjal va munosabatlardagi “falokat” haqidagi suhbat payti sodir bo‘lgan.
Uilyam Meganni “qo‘pol” va “ters” deb atagan, Garri esa katta akasi “o‘zini merosxo‘rdek tutgani” va uning muammolarini tushunmayotganini qoralagan.
Shundan so‘ng, katta akasi, kichigining so‘zlariga ko‘ra, “uning yoqasidan ushlab, bo‘yinbog‘ini yirtib tashlagan va uni yerga uloqtirgan”
“Men itning idishiga yiqildim, u tagimda sinib ketdi, parchalar esa menga kirdi. Bir muddat o‘sha yerda yotib, dovdirab qoldim, keyin o‘rnimdan turdim va unga chiqib ketishini aytdim”, deya yozadi Garri.
Garrining qo‘shimcha qilishicha, Uilyam uni javob qaytarishga undagan, keyin ketgan, lekin tez orada uzr so‘rab qaytgan.