Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, London Nyu-Dehliga qarshi sanksiyalar zarurligiga shubha qiladi, chunki Starmer va Modi 24 iyul kuni mamlakatlar o‘rtasida erkin savdo shartnomasini imzolagan.
Shuningdek, Tramp Hindiston bosh vaziri Modi bilan “ajoyib suhbat” o‘tkazganini aytdi. Tramp Modiga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal etishni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Hindiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari imkon qadar tezroq savdo bitimini tuzish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishga qaror qildi, deb xabar bergan Hindiston Savdo vazirligi.