Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Britaniya Qozog‘istondan askar tayyorlaydi

 Britaniya Qozog‘istondan askar tayyorlaydi

Qozog‘iston va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan Harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar. Marosim Londonda Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi shtab boshlig‘i, polkovnik Yerbol Kumarbekuli boshchiligidagi Qozog‘iston delegasiyasining tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildilar va kelgusi ikki yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni belgilab oldilar. Asosiy yo‘nalishlar qozog‘istonlik harbiy xizmatchilarni Britaniya harbiy akademiyalarida tayyorlash, tinchlikparvarlik tashabbuslarini rivojlantirish va til o‘rgatish sifatida belgilandi.

Bitim ikki davlat o‘rtasidagi strategik yaqinlashuvning davomi bo‘ldi. 2024-yil aprel oyida Ostona shahrida Qozog‘iston va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi. Buyuk Britaniyaning o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi dasturlarni, jumladan energetika, ta’lim, nodir metallar va savdoni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million funt sterling ajratilishini e’lon qilgan edi.

Imzolangan kelishuvlar fonida Qozog‘iston ham mudofaa mustaqilligini mustahkamlamoqda: may oyida artilleriya o‘q-dorilari, jumladan, NATO standartlariga javob beradigan 155 mm snaryadlar ishlab chiqaradigan yangi zavod qurilishi boshlandi. Hukumat ta’kidlaganidek, loyiha importga qaramlikni kamaytirish va mintaqaviy beqarorlik sharoitlariga moslashishga qaratilgan.

Kiritildi: 10:05 07.06.2025. O'qildi: 422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!