Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Britaniya Mudofaa vaziri Putinni vaziyatning keskinlashuvida ayblamoqda

Britaniya Mudofaa vaziri Putinni vaziyatning keskinlashuvida ayblamoqda

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili Vladimir Putinni Ukraina bilan urushda vaziyatni keskinlashtirganlikda aybladi.

«So‘nggi haftalarda biz Putin va uning kuchlari tomonidan juda aniq keskinlashuvni ko‘rdik. Ular qish oldidan tinch aholi ob’ektlari va Ukrainaning energiya ta’minoti ob’ektlariga hujumlarini kuchaytirdilar. Ular kamida 10 ming Shimoliy Koreya askarini frontga jo‘natgan. Bugun esa ommaviy axborot vositalarida Rossiya Ukrainaga yangi qit’alararo ballistik raketa uchirgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalmoqda», dedi Xili Londondagi parlamentda.


Shu bilan birga, Xili rossiyalik harbiylarning Ukraina hududidan uchirilgan ikkita Britaniyaning «Storm Shadow» qanotli raketalarini urib tushirishga muvaffaq bo‘lganliklari haqidagi xabariga izoh bermadi.

Kiritildi: Bugun 01:12. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!