Bugun 3 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Britaniya, Isroil va Eron tashqi ishlar vazirlari vaziyatning keskinlashuvi yuzasidan muzokaralar olib borishdi

Britaniya, Isroil va Eron tashqi ishlar vazirlari vaziyatning keskinlashuvi yuzasidan muzokaralar olib borishdi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Yaqin Sharqdagi mojaro avj olgan bir paytda Isroil va Eron tashqi ishlar vazirlari Isroil Kas va Abbos Aragchi bilan muzokaralar o‘tkazganini aytdi.

"Bugun men Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Kas va Eron tashqi ishlar vaziri Aragchi bilan muhim muzokaralar o‘tkazdim. Buyuk Britaniya Livan va G‘azodagi keskinlikni pasaytirish va mojarolarga barham berishni talab qilishda davom etmoqda. Mintaqaviy urush falokat bo‘lardi, bu hech kimning manfaatiga to‘g‘ri kelmaydi" - dedi Lemmi.

26 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuchlari "ko‘plab uzluksiz hujumlarga" javoban Erondagi harbiy ob’ektlarga zarbalar berishini e’lon qildi. Eron havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari o‘z navbatida bayonotda Ilom, Tehron va Xuziston viloyatlaridagi harbiy nishonlarga hujum qilingani, biroq yetkazilgan zarar cheklanganligi, mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari asosiy hujumni muvaffaqiyatli qaytarishga muvaffaq bo‘lganini bildirgan. Eron armiyasining ma’lum qilishicha, hujum oqibatida kamida to‘rt nafar Eron askari halok bo‘lgan.

Kiritildi: 11:05 28.10.2024. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!