Yakshanba kuni Britaniya hukumati immigrasiya siyosatini tubdan qayta ko‘rib chiqishni e’lon qilib , avvalgi tizimni "muvaffaqiyatsiz bozor tajribasi" deb atadi.
Rejalarga ko‘ra, malakali ishchi vizalari endi oliy ma’lumot talab qiladigan lavozimlar bilan cheklanadi va korxonalar mahalliy ishchilarni tayyorlashga ko‘proq mablag‘ sarflashlari kerak bo‘ladi.
🗳 Bosh vazir Kir Starmer Buyuk Britaniyada Nayjel Farajning o‘ng qanot immigrasiyaga qarshi islohot partiyasi so‘nggi mahalliy saylovlarda muvaffaqiyat qozonganidan so‘ng bosim ostida qoldi. Rasmiylar migrasiyani kamaytirish va dushanba kuni tegishli oq qog‘ozni taqdim etish niyatida.
Yangi sxemaga ko‘ra, past malakali ishchilar faqat kasbi mamlakat sanoat strategiyasi uchun muhim deb topilgan taqdirdagina viza olishlari mumkin bo‘ladi. Ish beruvchilardan britaniyalik ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash hajmini oshirish talab etiladi.
❕ Chet eldan kelgan parvarish xodimlari uchun viza yordami butunlay to‘xtatiladi.
Ichki ishlar vaziri Ivette Kuperning aytishicha, yangi siyosat Brexitdan keyin "erkin harakatni erkin bozor bilan almashtirish bo‘yicha muvaffaqiyasiz tajriba"ga javobdir. “Biz immigrasiya tizimi ustidan tartib va nazoratni tiklayapmiz”, dedi u.
Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi Yevropadan muhojirlar oqimining qisqarishiga olib kelgan bo‘lsa-da, keyinchalik kirish qoidalarining yengillashishi, shuningdek, Ukraina va Gonkongdan insonparvarlik dasturlari doirasida odamlarning kelishi migrasiyaning rekord darajada o‘sishiga sabab bo‘lgan 906 ming kishi, 2021-yil iyun oyida bu ko‘rsatkich 2014 ming edi.
Rasmiylar past malakali ishchilar uchun dasturlarni yopish va xorijda parvarishlash sektori uchun xodimlarni yollashni taqiqlash joriy yilda vizalar sonini 50 mingga qisqartiradi, deb umid qilmoqda.
Britaniya bizneslari allaqachon xavotir bildirishgan. Britaniya Sanoat Konfederasiyasi bosh direktori Reyn Nyuton-Smit mahalliy ishchilar uchun treningni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatladi, ammo shunday e’tirof etdi: "Ba’zi hollarda korxonalar jiddiy malaka etishmasligiga duch kelishadi va immigrasiya zarur bo‘ladi".