Buyuk Britaniya diplomatlari Erondagi harbiy xavf tufayli mamlakatni tark etmoqda. Bu haqda 27 fevral kuni Britaniya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Bayonotda aytilishicha: «Britaniyalik xodimlar vaqtincha Erondan evakuasiya qilindi. Elchixonamiz masofadan turib ishlashda davom etmoqda».
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha Jenevada o‘tkazilgan uch bosqichli muzokaralardan so‘ng sezilarli darajada kuchaydi. 26 fevral kuni yakunlangan so‘nggi muzokara tomonlar tomonidan ijobiy baholandi, ammo Eron Voshingtonning uran boyitish ustidan muddatsiz nazorat talabini rad qildi.
Tramp ma’muriyati harbiy aralashuvning turli variantlarini, shu jumladan Isroilning birinchi zarbasini ko‘rib chiqmoqda. Bu harakatlar maqsadlari Eronning javobini qo‘zg‘atish va AQShning qo‘llab-quvvatlashini ta’minlashdir. OAV xabarlariga ko‘ra, Tehronni muzokaralarda rozi qilish uchun Eron raketa va yadroviy inshootlariga qarshi AQSH-Isroil qo‘shma operasiyasiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.