BRIKSga a’zo davlatlar rahbarlari 21 noyabr kuni G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha favqulodda videokonferensiya o‘tkazadi.
Bu haqda Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosa matbuot xizmati xabar berdi.
“BRIKS mamlakatlari – Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy yetakchilari JAR raisligida virtual formatda navbatdan tashqari yig‘ilish uchun yig‘iladi”, — deyiladi TASS xabarida.
Aniqlik kiritilishicha, uchrashuvga yangi BRIKS davlatlari – Saudiya Arabistoni, Argentina, Misr, Efiopiya, Eron va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlari ham taklif etiladi.
Suhbatda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham ishtirok etadi.