Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Braziliyaning San-Paulu shtatida yuz bergan avtohalokatda besh kishi halok bo‘ldi

Braziliyaning San-Paulu shtatida yuz bergan avtohalokatda besh kishi halok bo‘ldi

Dushanba kuni Braziliyaning San-Paulu shtatida ikki avtobusning to‘qnashuvi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy o‘t o‘chirish boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa Braziliyaning eng yirik shahri San-Pauludan 206 km uzoqlikda joylashgan Ipeuna munisipalitetidagi 191-shosseda yuz berdi. Avtobuslardan biri bemorlarni klinik tadqiqotlar uchun tibbiy markazga olib ketayotgan bo‘lsa, ikkinchisida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Birinchi avtobusdagi to‘rt kishi, ikkinchisining haydovchisi halok bo‘lgan.

Qutqaruv ishlarini osonlashtirish uchun avtomobil yo‘li har ikki yo‘nalishda ham yopildi, dedi mahalliy hokimiyat.

Kiritildi: 10:47 09.07.2024. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!