Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Braziliyalik afsonaviy himoyachi zo‘rlash ishi bo‘yicha oqlandi

Braziliyalik afsonaviy himoyachi zo‘rlash ishi bo‘yicha oqlandi

"Barselona"ning sobiq himoyachisi Dani Alves zo‘rlash ishi bo‘yicha oqlandi.

2023 yilning 20 yanvarida Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanib hibsga olingandi. U tungi klubda qizni zo‘rlashda ayblangan.

2024 yil mart oyida Alvesh aybdor deb topilib, 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi va yana 5 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etildi. O‘yinchi tomoni bu qaror ustidan apellyasiya berdi. Mart oyi oxirida u 1 mln yevro garov puli evaziga ozodlikka chiqqan edi.

Kataloniya Oliy sudi ishni ko‘rib chiqdi va dalillar yetarli emasligi sababli birinchi instansiya hukmini bekor qildi. Hukmda aybsizlik prezumpsiyasini e’tiborga olmaslik uchun mavjud faktlar yetarli emasligi ko‘rsatilgan.

Sud prokuraturaning jazo muddatini 9 yilga oshirishni so‘ragan apellyasiyasini va jabrlanuvchining jazo muddatini 12 yilga oshirishni so‘ragan apellyasiyasini rad etdi.

Kiritildi: 17:20 28.03.2025. O'qildi: 887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!