Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Braziliyadagi Iso Masih haykalini yashin urdi

A A A
Braziliyadagi Iso Masih haykalini yashin urdi

Braziliyadagi Iso Masihning mashhur haykaliga katta kuchlanishdagi yashin tushdi.

Voqea kecha kechqurun boshlangan momaqaldiroq paytida yuz bergan. O‘sha kuni Rio-de-Janeyroning ko‘plab hududlari rekord darajadagi kuchli yomg‘ir bilan suv ostida qolgan.

​​​​​​Jurnalistlarning ta’kidlashicha, inshootning xavfsizligi va yaxlitligini ta’minlash maqsadida haykalning boshi, yelkasi va qo‘llariga ko‘plab chaqmoq qaytarkichlar o‘rnatilgan.

Mazkur haykalga tez-tez yashin tushib turadi. Masalan, 2010 yil yashin urishidan haykalning bosh va qo‘l qismi jiddiy zararlangan.

Braziliya hukumati har yili haykalda turli ta’mirlash ishlari uchun 900 ming dollar pul sarflaydi.

Kiritildi: 22:47 11.02.2023. O'qildi: 5904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!