Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Braziliyada mol go‘shti tufayli 800 milliondan ortiq daraxt kesilgan

Braziliyada mol go‘shti tufayli 800 milliondan ortiq daraxt kesilgan

Braziliyaning mol go‘shtiga bo‘lgan global talabni qondirish uchun Amazonka tropik o‘rmonlarida 800 milliondan ortiq daraxt kesildi, deya xabar beradi Ozodlik radiosi Jurnalistika tadqiqot byurosi , Guardian, Repórter Brasil va Forbidden Stories nashrlariga tayanib.

So‘nggi olti yil ichida so‘yish uchun hayvonlar boqiladigan chorvachilik xo‘jaliklarining kengayishi tufayli Amazonka o‘rmonlari 1,7 million gektarga qisqardi.

Tergovchilar yigirmadan ortiq qassobxona yaqinidagi minglab braziliyalik rancholarning sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rganishdi. Ularning barchasi Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Xitoy bozorlariga go‘sht yetkazib beruvchi uchta yirik mol go‘shti eksportchilariga tegishli. Har uchala firma ham barqaror rivojlanishga sodiq ekanliklarini va o‘rmonlarni kesish bilan bog‘liq fermer xo‘jaliklari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishini ochiq e’lon qiladi.

“Amazonka burilish nuqtasiga juda yaqin. Shuning uchun bu raqamlar juda tashvishli. Amazonka bunchalik ko‘p daraxtlarni yo‘qotishga qurbi yetmaydi... bu sayyoraviy oqibatlarga olib keladi”, dedi tirik sayyora uchun kurashuvchi Mighty Earth xalqaro tashkilotining katta direktori Aleks Viyeratna.

Kiritildi: 14:35 04.06.2023. O'qildi: 2458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!