Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 10 milliondan oshdi

Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 10 milliondan oshdi

 

Braziliyada o‘tgan bir kun davomida 51,8 mingta yangi koronavirusga chalinish holati ro‘yxatga olindi va virus bilan kasallanganlarning umumiy soni 10 milliondan oshdi. 29 yanvar kuni bu ko‘rsatkich 9 millionga yetgan edi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, «Kommersant.ru» xabar berdi.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir kun davomida 51 879 ta yangi holat qayd etildi, 1367 kishi vafot etdi. Koronavirus bilan zararlanganlarning umumiy soni 10 030 626 kishiga yetdi, 243 457 kishi virus qurboniga aylandi. Sog‘ayib ketganlar 8,9 million kishini tashkil qiladi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya virus eng ko‘p tarqalgan mamlakatlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rinda — AQSh (27,8 million), ikkinchi o‘rinda — Hindiston (10,9 million). Virus qurbonlari soni bo‘yicha Braziliya AQShdan (492,8 ming kishi) keyin ikkinchi o‘rinda turibdi.

 

Kiritildi: 21:43 19.02.2021. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!