Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Viyeyra “Congresso em Foco” nashriga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal qilish uchun ko‘plab davlatlarning sa’y-harakatlari zarur, dedi.
Uning qayd etishicha, Braziliya o‘zini ikki davlat o‘rtasida vositachi sifatida ko‘rsatmaydi.
"Biz vositachi roliga nomzod emasmiz", dedi vazir.
Shu bilan birga, diplomat Braziliya har qanday tinchlik sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini, biroq ular bir necha davlatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qilishini aytdi.