Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Braziliya sharqidagi avtobus halokatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi

Braziliya sharqidagi avtobus halokatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi

Braziliya sharqida avtobusning tog‘ yo‘liga qulashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 30 ga yaqin kishi jarohat oldi.

Bu haqda mahalliy G1 portali xabar berdi.

Hodisa Alagoas shtatidagi Unian-dus-Palmaris munisipalitetida joylashgan Serra-da-Barriga qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, avtobusda 40 kishi bo‘lgan. Hodisa avtomashinaning texnik nosozligi tufayli yuzaga kelgan, natijada haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan.

Alagoas shtat ma’murlari dastlab 23 kishining o‘limi haqida xabar berishdi, ammo keyinchalik bu raqamni 17 taga o‘zgartirdilar.

Unian-dus-Palmaris munisipaliteti ma’muriyati jabrlanganlarga yordam berish uchun barcha mablag‘larni safarbar qildi, deb yozadi G1. Braziliyaning irqiy tenglik vaziri Anieli Franku qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!