Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Braziliya prezidenti: «Ronaldu avvalgidek o‘ynamayapti, boshqa jamoalar ham kuchli emas»

Braziliya prezidenti: «Ronaldu avvalgidek o‘ynamayapti, boshqa jamoalar ham kuchli emas»

Braziliya prezidenti mamlakat futbol jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozonishi kerak, deb hisoblamoqda.

«Oradan 20 yil o‘tdi va Braziliyaning yana chempion bo‘lish vaqti keldi.

Boshqa jamoalar unchalik yaxshi emas. Krishtianu Ronaldu ham avvalgidek o‘ynamayapti. Shuning g‘olib bo‘lishimizga umid qilaman», — deb yozgan Lula nomi bilan mashhur bo‘lgan Luis Inasio Lula da Silva.

JCH-2022 Qatarda 20 noyabrdan 18 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. Braziliya milliy jamoasi Serbiya, Shveysariya va Kamerun bilan bir guruhdan joy olgan.

Braziliya mundiallarda eng ko‘p marta chempion bo‘lgan — 5. So‘nggi g‘alaba 2002 yilda qo‘lga kiritilgan.

Kiritildi: 20:59 19.11.2022. O'qildi: 2594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!