Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva tinglash va josuslikdan qo‘rqib, o‘z ma’muriyati a’zolariga uning kabinetiga mobil telefonlar bilan kirishni taqiqladi. Bu haqda TASS yozmoqda.
"Bu yerda mobil telefonlardan foydalanish xavfli, hatto ular o‘chirilgan bo‘lsa ham. Xavfsizligimizni ta’minlash mobil telefonlarni ofisga olib kirishga ruxsat bermaslikka asoslangan" - dedi Braziliya prezidenti RedeTV bilan suhbatda.
Braziliya rahbari xavfsizlik nuqtai nazaridan u umuman mobil telefondan foydalanmasligini, aksincha hukumat vazirlari bilan hamkasblari va qarindoshlarining telefonlari orqali muloqot qilishni afzal ko‘rishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyaning Folha de S. Paulo gazetasi Qo‘shma Shtatlar o‘sha paytda 21 yoshda bo‘lgan Lula da Silva haqida 1966 yildan beri ma’lumot to‘plaganini yozgan edi. Hujjatlarning aksariyati AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari tomonidan tayyorlangan. Qayd etilishicha, univermada Braziliya yetakchisi haqidagi 613 ta hujjat saqlanadi.