Braziliya senati komissiyasi mamlakat bosh prokuroriga prezident Jair Bolsonaroni koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq xatti-harakatlariga asoslanib qirg‘in qilishda ayblashni taklif qilishi mumkin, deb yozadi CNN komissiya tekshiruvi to‘g‘risidagi hisobot loyihasiga tayanib.
Hujjatga ko‘ra, Bolsonaro va boshqa hukumat amaldorlari ommaviy immunitetga erishish uchun mamlakatda infeksiyaning nazoratsiz tarqalishiga yo‘l qo‘ygani uchun javobgardir. Hisobot mualliflari Bolsonaro ma’muriyati mamlakatda koronavirusdan o‘limning yarmidan ko‘pi uchun javobgar deb hisoblaydi va hukumatning pandemiyaga yondashuvini "beparvolik" deb ataydi.
Bundan tashqari, hisobot loyihasida 69 kishiga Bolsonaroning uch o‘g‘li, ko‘plab amaldagi va sobiq hukumat amaldorlariga qarshi jinoiy javobgarlikka tortish tavsiya qilingan. Agar hujjat senatda ma’qullansa, kelasi hafta mamlakat bosh prokurori Augusto Arasga yuboriladi. Shundan so‘ng Arasga keyingi harakatlar to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun 30 kun kerak bo‘ladi. Telekanal ta’kidlaganidek, Aras Bolsonaroning ittifoqchisi hisoblanadi, shuning uchun u prezidentni ommaviy qotillikda ayblamaydi.
Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliyada pandemiya paytida 603 mingdan ortiq odam vafot etgan, yuqtirganlar soni 21,6 milliondan oshgan.