Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Braziliya dunyodagi eng yirik chuchuk suv resurslari zaxirasiga ega mamlakat hisoblanadi

Braziliya dunyodagi eng yirik chuchuk suv resurslari zaxirasiga ega mamlakat hisoblanadi

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliyada taxminan 5 661 milliard kubmetr chuchuk suv mavjud bo‘lib, bu uni suv resurslari bilan eng yaxshi ta’minlangan davlatga aylantiradi. Rossiya 4 312 milliard kubmetr ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egallaydi. Keyingi o‘rinlarda Kanada (taxminan 2 850 milliard kubmetr), AQSh (qariyb 2 818 milliard kubmetr) va Xitoy (taxminan 2 813 milliard kubometr) turadi.

Suvning katta zaxiralari cheklangan miqdordagi davlatlarda jamlangani tobora kuchayib borayotgan global muammoni ko‘rsatadi: ayrim hududlarda suv mo‘l-ko‘l bo‘lsa, boshqa hududlarda — ko‘pincha talab eng yuqori bo‘lgan joylarda uning keskin tanqisligi kuzatiladi.

Jahon bankining ogohlantirishicha, agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa, 2030 yilga borib jahonda suvga bo‘lgan talab taklifdan 40 foizga oshib ketishi mumkin. Buning asosiy omillari — aholi sonining o‘sishi, urbanizasiya va qishloq xo‘jaligining kengayishidir.

Iqlim o‘zgarishi ham vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda: u yog‘in-sochin rejimiga ta’sir qilyapti va allaqachon suv tanqisligini boshdan kechirayotgan hududlarda — masalan, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikaning ayrim qismlarida qurg‘oqchiliklarning tez-tez takrorlanishiga olib kelmoqda.

Kiritildi: 22:57 02.04.2026. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!